O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5-aprel kuni Moskva shahridagi “Noma’lum askar” yodgorligiga gul qo‘ydi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Mazkur yodgorlik Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lgan Vatan himoyachilari xotirasiga bag‘ishlab bunyod etilgan.
Shavkat Mirziyoyev tinchlik, ozodlik yo‘lida jon fido qilgan vatanparvar insonlar xotirasiga hurmat bajo keltirdi.
Izoh (0)