Pxenyan Qo‘shma Shtatlar tomonidan kichik bo‘lsa-da provokatsiya amalga oshirilgan taqdirda Janubiy Koreya hududidagi amerikalik tajovuzkorlarni yo‘q qiladi. KXDR markaziy gazetasi “Nodon sinmun” 5-aprel, chorshanba kuni mazkur ogohlantirishni e’lon qildi, deb yozadi “TASS”.
“KXDR hech bir ikkilanishsiz Janubiy Koreya hududidagi AQSh agressorlarini nafaqat kulga aylantiradi, balki Amerika bazalariga ogohlantiruvchi zarba ham beradi”, — deb yozadi Koreya Mehnat partiyasining “Nodon Sinmun” nashri.
Bundan tashqari, gazeta vodorod bombasi, turli xildagi yadro jangovar kallaklari, shuningdek, Koreya namunasidagi qudratli vositalarga ega bo‘lgan KXDR istalgan daqiqada AQShni yer yuzidan yo‘q qilishga qodir ekanligini ta’kidlaydi.
KXDR 13-martdan buyon o‘tkazilayotgan Amerika—Janubiy Koreya Key Resolve shtab-qo‘mondonlik o‘quv mashg‘ulotlariga keskin munosabat bildirmoqda.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)