Portugaliyadagi pirotexnika fabrikasida portlash yuz berishi natijasida besh kishi halok bo‘ldi, deya xabar bermoqda “Korrespondent.net”. Yana uch kishi bedarak yo‘qolgan, deb hisoblanilmoqda.
Hodisa mamlakat shimolidagi Vizeu okrugida sodir bo‘ldi. Kichik fabrika oilaviy korxona bo‘lib, u yerda uchta mahalliy oila ishlagan.
Yong‘in va uning oqibatlarini bartaraf etishda yuzdan ziyod o‘t o‘chiruvchilar va qutqaruvchilar ishtirok etmoqda.
Izoh (0)