Aprel oyi boshida Avstraliya bojxona xizmati “ikki juft oyoq kiyim” yozuvi tushirilgan shubhali qutini tekshirib ko‘rishga qaror qildi. Chegarachilar jo‘natmani rentgen bilan yoritganda unda zaharli ilonlar, o‘rgimchak va chayonlarning bir necha turi mavjudligi aniqlandi. Bu haqda International Business Times nashri xabar bermoqda, deb yozadi TJournal.
Jo‘natmada jonivorlar joylangan kichik konteynerlar bo‘lib, ularda turli turga mansub 11 ta ilon, to‘qqizta o‘rgimchak va to‘rtta chayon borligi aniqlandi.
Biologik xavfsizlik xodimlari ularni darhol uxlatib qo‘ydi, biroq ba’zi o‘rgimchaklar jo‘natma yetib kelgunga qadar o‘lib qolgan.
Jo‘natmani aynan kim yuborganligi noma’lum, biroq quti Avstraliyaga Shimoliy Yevropadan yetib kelgan. Hodisa yuzasidan surishtiruv davom etmoqda.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)