Facebook’da Toshkentning Yusuf Xos Hojib ko‘chasida joylashgan “Korzinka.uz Turkmenskiy” supermarketi o‘rnida “Surnay” nomli do‘kon paydo bo‘lgani haqidagi fotoxabarlar paydo bo‘ldi.
Tarmoq foydalanuvchilari tomonidan e’lon qilingan rasmlarga e’tibor berilsa, do‘kon tashqarisidagi reklama bannerlari-yu, brend nomidan tortib savdo zalida joylashgan peshtaxtalar, e’lonlar, mahsulotlardagi izohli yorliqlar, xodimlarning liboslarigacha yangi nomga alishtirilganini ko‘rish mumkin.
Bundan tashqari, Facebook’dagi “Korzinka.uz” rasmiy sahifasining dizayni “Surnay” shakliga o‘zgarib, erta tongdan yangi do‘kon ishga tushgani haqidagi postlar qo‘yib borilmoqda.
Hozircha supermarketlar tarmog‘ining rasmiylari tomonidan ushbu holatga hech bir izoh berilmagan.
Ma’lumot o‘rnida, “O‘zgidromet” markazidan ma’lum qilishlaricha, bugun, 1-aprel kuni Toshkent shahrida yog‘ingarchilik kuzatiladi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)