AQSh prezidenti Donald Tramp prezidentlik poygasidagi sobiq raqibi Hillari Klintonni debatlar savollarini oldindan olganlikda aybladi. Bu haqda u Twitter’dagi sahifasida ma’lum qildi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
“Hillari Klinton debatlar savollarini oldindan olganligi uchun biror marta uzr so‘raganmi? Shunchaki so‘rayapman!”, — deb yozdi Tramp.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp Kongress Vakillik palatasini Klintonning Rossiya bilan aloqalarini tekshirishga chaqirgan edi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!