Ispaniya La ligasining 29-turi bugun — 3-aprel kuni bo‘lib o‘tadigan “Selta” — “Las-Palmas” o‘yini bilan yakuniga yetadi. Kecha esa chempionlik uchun kurash olib borayotgan jamoalar maydonga tushdi.
Madridning “Real” klubi Ispaniya kubogining finaliga qadar yetib borishni uddalagan La liga debyutanti “Alaves”ni qabul qilib, javobsiz 3 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Kataloniyaning “Barselona” klubi esa Lionel Messisiz harakat qilganiga qaramay, Granadadan 4:1 hisobidagi g‘alaba bilan qaytishni uddalay oldi. Qayd etish kerak, FIFA Lionel Messini Argentina termasining 4 ta o‘yinidan diskvalifikatsiya qilgandi.
Mazkur turda “Sevilya” zafar quchib, 3-o‘rnini qaytarib olishi mumkin edi. Biroq Xorxe Sampaoli shogirdlari ligada qolish uchun kurash olib borayotgan klubni o‘z maydonida taslim qila olmadi.
Ispaniya La ligasi 29-tur o‘yinlari 2-aprel, yakshanba
“Sevilya” — “Sporting” 0:0
“Real Madrid” — “Alaves” 3:0
Gollar: Karim Benzema, 31 (1:0). Isko, 85 (2:0). Nacho, 88 (3:0).“Valensiya” — “Deportivo” 3:0
Gollar: Esekyel Garay, 10 (1:0). Raul Albentosa, 29-avt (2:0). Joau Kanselu, 90+1 (3:0).Noaniq penalti: Faykal Fajr, 8 (D).“Granada” — “Barselona” 1:4
Gollar: Luis Suares, 44 (0:1). Jeremi Boga, 50 (1:1). Pako Alkaser, 64 (1:2). Matye Sonye, 83-avt (1:3). Neymar, 90+1 (1:4).Chetlatish: Uche Agbo, 82 (G).3-aprel, dushanba“Selta” — “Las-Palmas”
Izoh (0)