Daryo

Chempionlar ligasi oldidan “Atletiko” uchlikka kirib oldi. Bugun “Real” va “Barsa”da o‘yin bor

Madridning “Real” klubi o‘z maydonida Ispaniya kubogining finaliga yo‘l olgan “Alaves”ni qabul qiladi. “Barselona” esa Granadaga tashrif buyuradi

1 daqiqa o‘qish46 396 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Livescore.in

Ispaniya La ligasining 29-turi Madridning “Atletiko” klubini turnir jadvalida 3-o‘ringa olib chiqdi. Bu yo‘lda Diyego Simeone shogirdlari Malagadan 3 ochko bilan qaytdi.

Foto: Getty Images

3-o‘rin saqlab qolinishi uchun bugun — 2-aprel kuni “Sevilya” o‘z maydonida “Sporting” klubini taslim qila olmasligi kerak.

Bugun, shuningdek, Madridning “Real” klubi o‘z maydonida Ispaniya kubogining finaliga yo‘l olgan “Alaves”ni qabul qiladi. “Barselona” esa Granadaga tashrif buyuradi.

Ispaniya La ligasi 29-tur bellashuvlari 31-mart, juma

“Espanyol” — “Betis” 2:1

Gollar: Ruben Kastro, 78-pen (0:1). Xavi Fuego, 88 (1:1). Xose Antonio Reyes, 90 (2:1). 1-aprel, shanba

“Vilyarreal” — “Eybar” 2:3

Gollar: Roberto Soriano, 18 (1:0). Pedro Leon, 48-pen (1:1). Kike, 54 (1:2). Takashi Inui, 77 (1:3). Roberto Soldado, 89 (2:3).

“Osasuna” — “Atletik” 1:2

Gollar: Arits Aduris, 12 (0:1). Inyaki Uilyams, 44 (0:2). Serxio Leon, 79 (1:2).

“Real Sosyedad” — “Leganes” 1:1

Gollar: Aleksandr Shimanovski, 29 (0:1). Xuanmi, 53 (1:1).

“Malaga” — “Atletiko” 0:2

Gollar: Koke, 26 (0:1). Felipe Luis, 74 (0:2).

2-aprel, yakshanba
“Sevilya” — “Sporting”
“Real Madrid” — “Alaves”
“Valensiya” — “Deportivo”
“Granada” — “Barselona”

3-aprel, dushanba
“Selta” — “Las-Palmas”

Foto: Livescore.in
Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar