Londonning ICE Futures birjasida 3-aprel, dushanba kuni iyunda yetkazib beriladigan Brent turidagi neftning narxi 0,14 dollarga (0,26 foiz) pasayib, bir barreli uchun 53,39 dollarni tashkil etdi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Nyu-Yorkning NYMEX tovar birjasida WTI turidagi neft bahosi ham 0,09 dollarga (0,18 foiz) — bir barreli uchun 50,51 dollargacha pasaydi.
O‘tgan haftada WTI narxi 5,5 foizga oshgan va bu joriy yildagi eng salmoqli haftalik o‘sish bo‘lgandi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)