O‘tgan yili Qozog‘istonda ikki mingdan ortiq yetim bolalar yangi oilalar a’zolariga aylandi, deya xabar bermoqda “Kazinform” Qozog‘iston Ta’lim va fan vazirligiga tayanib.
“2016-yilda 2200 nafar bola asrab olingan, shularning 2171 nafari qozog‘istonliklar, 29 nafari chet elliklar tomonidan asrab olingan. Asrab olingan bolalarning 58 foizini uch yoshgacha bo‘lgan bolalar tashkil qiladi”, — deyiladi xabarda.
“Oilaviy tuzumning barcha shakllari (vasiylik, homiylik, asrab oluvchi oilalar) moddiy jihatdan davlat tomonidan rag‘batlantiriladi. Shu sababli ota-ona vasiyligisiz qolgan bolalarning 72 foizi qozog‘istonlik fuqarolar oilalarida tarbiyalanmoqda. So‘nggi besh yil ichida bolalar uylaridagi tarbiyalanuvchilar soni 3651 nafar bolaga kamaydi”, — deya ma’lum qilishdi vazirlikda.
Izoh (0)