Nepal xalqaro aeroporti uchish-qo‘nish yo‘lagiga chiqqan qoplon tufayli, o‘z ishini to‘xtatishga majbur bo‘ldi, deb yozadi “RIA Novosti”.
Associated Press ma’lumotlariga ko‘ra, Nepal poytaxti Katmandu shahrida joylashgan Tribxuvan aeroporti 3-aprel, dushanba kuni ertalab yirtqichni uchish-qo‘nish yo‘lagida ko‘rib qolishgach, yopilgan. Hodisa joyiga shu zahoti politsiya vakillari va o‘rmon nazoratchilari yetib kelgan.
Aeroport yarim soatdan so‘ng o‘z ishini davom ettirgan. Yirtqichni qidirish ishlari davom etmoqda.
Agentlik ta’kidlashicha, havo bandargohi shimol tomondan o‘rmonlar bilan o‘ralgan.
Izoh (0)