London politsiyasi “terrorizmga qarshi marsh” davomida o‘ta o‘ng guruhlar vakillari va antifashistlar to‘qnqibatida 14 kishini qo‘lga oldi. Marsh 1-aprel, shanba kuni Britaniya poytaxtida bo‘lib o‘tdi. Bu haqda The Times gazetasi ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
“Angliya mudofaa ligasi” va “Birinchi navbatda Britaniya” o‘ta o‘ng tashkilotlaridan 300 ga yaqin kishi Trafalgar maydonidan marsh boshladi, shundan so‘ng ular antifashist guruhlar aktivistlari tomonidan kutib olindi. Politsiyachilar tufayli yirik to‘qnashuvning oldi olindi. Ular bir-biriga qarama-qarshi tomonlarni tarqatishga erishdi.
Ushbu aksiya mart oyida Londonning Vestminster ko‘prigida yuz bergan terakt munosabati bilan norozilik bildirishga qaratilgan edi.
“Parlamentga razil terrorchilik hujumidan so‘ng biz birlashamiz va hozir ham, bundan keyin ham terrorchilar va terrorizmdan qo‘rquv oldida bosh egmasligimizni ko‘rsatamiz”, — deyiladi “Angliya mudofaa ligasi”ning Facebook’dagi sahifasiga joylashtirilgan xabarda. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)