AQSh jahon hamjamiyat bilan birgalikda KXDRdan keladigan xavfga chora izlamoqda, deya ma’lum qildi Pentagon rahbari Jeyms Mettis. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
“Biz jahon hamjamiyati, shuningdek BMT doirasida Shimoliy Koreyaning xatti-harakatlariga qarshi turish uchun qo‘limizdan kelganini qilmoqdamiz. Biz qarshi harakat yo‘lini ishlab chiqyapmiz. KXDR o‘ylamay ish qilmoqda, buni to‘xtatish kerak”, — deydi Mettis.
Uning so‘zlariga ko‘ra, AQShning Eron hamda Suriyaga nisbatan pozitsiyasi o‘zgarmagan. Pentagon rahbari Suriyadagi vaziyat bo‘yicha to‘xtalar ekan, Vashington Suriya prezidenti Bashar Asadning siyosiy kelajagini ko‘rmayotganini, u iste’foga chiqishi lozimligini ma’lum qildi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)