Venesuela prezidenti Nikolas Maduro mamlakat Milliy xavfsizlik kengashini chaqirdi. Prezidentning ma’lum qilishicha, majlis yaqin vaqt ichida bo‘lib o‘tadi, deya xabar bermoqda El Nacional.
Maduroning so‘zlariga ko‘ra, kengash Venesuela Bosh prokuraturasi va Oliy sudi o‘rtasidagi tushunmovchilikni hal qilishi kerak.
“Men, davlat rahbari sifatida, konstitutsiyamizni mustahkamlaydigan va tinchlik olib keladigan qarorni tayyorlashi uchun Milliy xavfsizlik kengashini chaqiraman”, — dedi Maduro.
Avvalroq Venesuela parlamenti Maduroni davlat to‘ntarishini uyushtirishda ayblagan edi. Parlament vakillari prezidentning parlament va Oliy sud vakolatlarini chetlab o‘tgan holda qarorlar qabul qilishidan norozi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)