O‘zbekiston va Tailand milliy terma jamoalari o‘zaro o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishi mumkin edi. Agar har ikki mamlakat futbol federatsiyalari bu borada bir to‘xtamga kela olganida.
“Championat.asia” nashrining qayd etishicha, Xalqaro futbol uyushmasi FIFA O‘zbekiston va Tailand termalari o‘zaro o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishi haqida ma’lum qilgan. Biroq bu kelishuv o‘xshamagan.
Qayd etilishicha, Tailand O‘zbekiston termasini Bankokka taklif qilgan. O‘zbekiston tomoni esa uchrashuvni Toshkentda o‘tkazish istagi bilan chiqqan. Natijada tomonlar o‘zaro til topa olmay, o‘rtoqlik o‘yini uchun boshqa-boshqa raqiblar izlashga qaror qilgan.
Ma’lumot uchun, Tailand terma jamoasi JCh—2018 saralashining hal qiluvchi bosqichiga yetib kelgan bo‘lib, o‘z guruhida Yaponiya, Saudiya, Avstraliya, BAA va Iroq termalaridan keyin so‘nggi o‘rinni egallab turibdi.
Izoh (0)