Isroil hukumati Nablus yaqinida, Iordan daryosining g‘arbiy qirg‘og‘ida 25 yil mobaynidagi birinchi yangi manzilgoh qurilishini ma’qulladi. Bu haqda “Vedomosti” xabar bermoqda.
Emek Shilodagi yangi manzilgohga avvalroq sud qarori bilan noqonuniy qurilgan deb topilgan Amon manzilgohidan chiqarib yuborilgan odamlar joylashtirilishi bildirilmoqda.
Jerusalem Post nashriga ko‘ra, mazkur qaror 3 hafta mobaynida AQSh ma’muriyati bilan muhokama etildi. Oq uy istisno tariqasida, mamlakat bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Amondagi odamlarga yangi uy berishni va’da qilgani uchun bunga rozi bo‘ldi.
BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish Isroilning mazkur qaroridan hafsalasi pir bo‘lganini bildirdi. Unga ko‘ra, har qanday bir tomonlama harakatlar mintaqadagi barqarorlik va ikki davlatni yaratish rejasiga rahna soladi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Donald Tramp Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuga Isroil va Falastin o‘rtasidagi bahs mavzusiga aylangan hududlarda manzilgohlar qurishdan “biroz tiyilib turish”ni maslahat bergan edi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)