Suriya armiyasi Xama viloyati yaqinida muxolifat kuchlariga qarshi zarba berdi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Hozirgacha suriyalik harbiylar 16 ta qishloq ustidan nazoratni tikladi, ularning nomi hozircha ma’lum etilmagan. Ular o‘tgan haftada jangarilar tomonidan Xamaga hujum davomida egallangandi.
Muxolifatning viloyatga hujumi 22-mart kuni tongda boshlangandi. Unda Suriya ozod armiyasi va “Jabhat an-Nusra” qismlari ishtirok etdi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)