KazSat-2 sun’iy yo‘ldoshida yuz bergan nosozlik tufayli Qozog‘istondagi 13 ta telekanal va aloqa operatorining faoliyati to‘xtab qoldi. Bu haqda Meduza xabar berdi.
31-mart Ostona vaqti bilan soat 08:22 da Rossiyaning Xrunichev nomli markazi tomonidan yaratilgan KazSat-2 yo‘ldoshining boshqaruvi izdan chiqqan.
Qozog‘istonlik va rossiyalik mutaxassislar hamkorlikda nosozlikni bartaraf etish bo‘yicha ish olib bordi. Qozog‘iston kosmik aloqa markazining xabar berishicha, KazSat-2 yo‘ldoshining ishi nosozlik yuz berganidan olti yarim soat o‘tgach qayta tiklandi.
KazSat-2 yo‘ldoshi 2011-yil 16-iyulda orbitaga chiqarilgan. Kosmik apparat 12,5 yil davomida faol ishlashi rejalashtirilgan.
Qozog‘istonda 4 ta aloqa operatori va 30 dan ortiq telekanal faoliyat yuritadi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)