O‘zbekiston boks delegatsiyasi Tailand poytaxti Bangkok mezbonlik qiladigan xalqaro turnirda ishtirok etadi. Bu haqda “Olamsport” nashri xabar berdi.
Musobaqada ishtirok etuvchi mamlakatlar nomiga oydinlik kiritilmagan bo‘lsa-da, ularning har biri yetti nafardan bokschi bilan yetib kelishi aniq. O‘zbekiston delegatsiyasi bu borada Rio—2016 Olimpiadasida ishtirok etgan 4 nafar charm qo‘lqop ustasi xizmatidan foydalanadi: Hasanboy Do‘stmatov, Shahobiddin Zoirov, Murod Ahmadaliyev va Shahram G‘iyosov.
1-aprel kuni Uzbek Tigers jamoasi WSB guruh bosqichining so‘nggi turida Astana Arlans jamoasini qabul qiladi. Tomonlarning Qozog‘istondagi bellashuvi Uzbek Tigers’ning 1:4 hisobidagi mag‘lubiyati bilan yakuniga yetgan.
Qiziq tomoni, Bangkokdagi turnir 3-8-aprel kunlari bo‘lib o‘tadi. Astana Arlansga qarshi jang qiladigan uch bokschi — Hasanboy Do‘stmatov, Isroil Madrimov va Elnur Abduraimov oradan ikki kun o‘tib start oladigan turnirda ham O‘zbekiston sharafini himoya qilishi kerak.
Izoh (0)