Kvinslend universiteti paleontologlari Avstraliyaning Brisben shahrida fanga ma’lum eng katta dinozavr izi topilgani haqida xabar berdi. Qadimiy mavjudot panja izining uzunligi 1,75 metrni tashkil qiladi. Bu haqda Inquisitr nashri ma’lum qildi.
Olimlarning so‘zlariga ko‘ra, Bruma shahridan 40 kilometr shimolda topilgan iz zauropodlar guruhiga kiruvchi dinozavrga tegishli. Bu guruhga to‘rt oyoqli dinozavrlar kirib, ularning o‘ziga xos belgilari uzun bo‘yin va ulkanlik hisoblanadi.
Shuningdek, paleontologlar boshqa dinozavrlarga tegishli 20 ta izni topgan. Topilmalarning yoshi 90—115 million yil deb baholanmoqda.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)