AQSh boshchiligidagi ittifoqchilarning harbiy-havo kuchlari ko‘magida harakat qilayotgan “Suriya demokratik kuchlari” qurollangan koalitsiyasi Frot to‘g‘onida Tabka shahri yaqinidagi harbiy operatsiya to‘xtatilganini ma’lum qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, operatsiya muhandislarning Frot GESidagi zararlanish bo‘yicha tekshiruvlar o‘tkazib olishi uchun to‘xtatilgan.
“Frot to‘g‘oni saqlanishini ta’minlash maqsadida operatsiyani 4 soatga to‘xtatishga qaror qildik”, — deyiladi “Suriya demokratik kuchlari” axborotida.
Avvalroq ushbu GES harbiy harakatlar natijasida zararlangani gidroenergetik majmua bosh direktori Najim al-Bunya tomonidan tasdiqlangan edi.
Biroq davom etayotgan harbiy harakatlat tufayli u yerga borish va yetkazilgan zararni o‘rganib, tafsilotlarni ma’lum qilishning iloji yo‘qligi qayd etilgan.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)