Afg‘oniston shimolidagi Badaxshon viloyati ma’muriy markazi yaqinida bo‘lib o‘tgan otishmalar natijasida “Tolibon” harakatining kamida ikki jangarisi yo‘q qilinib, yana ikki nafari jarohat oldi. Bu haqda Xavfsizlik kuchlari vakili Abdul Halil ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.
Abdul Halil Fayzobod tumanida 25-mart kuni kechasi sodir bo‘lgan otishmalarda tinch aholi va xavfsizlik kuchlari vakillaridan hech kimga ziyon yetmaganini qayd etdi.
Ma’lumot o‘rnida, mutaxassislar so‘nggi vaqtlarda Afg‘onistonning sharqiy, janubiy va shimoliy qismida ekstremistlar pozitsiyalari sezilarli darajada mustahkamlangani kuzatilayotganini ta’kidlamoqda.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)