Qozog‘istonda parashyut bilan sakrash chog‘ida harbiy xizmatchi halok bo‘ldi. Bu haqda mamlakat mudofaa vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar beradi “Kazinform”.
“Rejadagi parashyut bilan sakrash mashqlari davomida shartnoma asosida xizmat qiluvchi harbiy jarohatlandi. Uni saqlab qolishning imkoni bo‘lmadi”, — deyiladi matbuot xizmati xabarida.
Hozirda mazkur holat bo‘yicha tekshiruv olib borilmoqda.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)