Hindistonda qo‘riqxonadan qochib ketgan yo‘lbars uni ushlash vaqtida o‘zini ekskavatorga otib, halok bo‘ldi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Sakkiz yoshli yo‘lbars Korbett milliy bog‘idan qochgan. U ikki kishi — ayol va unga yordam bermoqchi bo‘lgan qaynotani o‘ldirgan.
Hayvonlarni ovlash bo‘yicha mutaxassislar yo‘lbarsni quvib yetib, unga trankvilizator — tinchlantiruvchi dori otgan. Ayni shu payt yo‘lbars ekskavatorga tashlandi.
Ekskavator hayvonni ushlash uchun ishlatilayotgan edi, biroq ekskavatorning kovshi (tishli ushlagichi) yo‘lbarsni bosib qoldi va jonivor halok bo‘ldi.
Tekshiruv natijasida trankvilizatorlar ta’siri tufayli yo‘lbars ekskavator ushlagichidan qocha olmagani ma’lum bo‘ldi. O‘limga rasman turli jarohatlar, xususan, ekskavator yetkazgan hamda boshqa yo‘lbarslar bilan urishish natijasida orttirilgan deb ehtimol qilingan jarohatlar sabab, deb topildi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)