Britaniya razvedkasi Donald Tramp ortidan elektron kuzatuv olib borish uchun jalb etilmagan. Bu haqda AQSh milliy xavfsizlik agentligi (MXA) direktori Mayk Rojers Kongress vakillar palatasi razvedka qo‘mitasidagi chiqishi chog‘ida ma’lum qildi, deya xabar beradi “Yevropeyskaya pravda”.
Qo‘mita a’zosi Adam Shiff MXA direktori Rojersdan AQSh Britaniya razvedkasini prezidentlikka nomzod Tramp ortidan kuzatishga jalb etgani haqidagi taxminni “mutlaqo mantiqsiz” deb hisoblashi yoki yo‘qligi haqida so‘radi.
Mayk Rojers aynan shunday deb hisoblashi va agentlikda bu ayblovlarni tasdiqlovchi ma’lumotlar mavjud emasligini ma’lum qildi.
Tramp ofisidagi telefonlar Barak Obama topshirig‘iga binoan Britaniya razvedkasi tomonidan eshitib borilgani haqidagi taxminni oldinroq sudya Endryu Napolitano Fox News telekanali efirida ilgari surgandi.
Keyinchalik bu haqda Oq uy matbuot kotibi Shon Spayser ham eslatib o‘tdi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)