Hindistonning Force Motors kompaniyasi Gurkha yo‘ltanlamasining yangilangan versiyasini namoyish etdi. “Motor”ning yozishicha, kompaniya 2000-yillarning boshida Daimler konserni bilan hamkorlikda Bajaj Tempo brendi ostida tijorat transportini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan edi.
Yangi Gurkha’ning tashqi ko‘rinishi ko‘p jihatdan klassik Mercedes-Benz G-Class’ni yodga soladi. U yangi lonjeron rama asosida bunyod etilgan. Avtomobil ham orqa uzatmali, ham to‘liq uzatmali versiyalardan ishlab chiqariladi.
Yo‘ltanlamas hajmi 2,6 litr, quvvati 85 ot kuchiga teng dizel dvigatel bilan ta’minlanadi. Bu motor besh bosqichli mexanik tezlik uzatish qutisi bilan hamohanglikda ishlaydi.
Force Gurkha’ning besh yoki sakkiz yo‘lovchini sig‘dira oladigan uch eshikli versiyasi, qattiq yoki yumshoq tomli modifikatsiyalari, shuningdek, yetti yoki to‘qqiz o‘rindiqli ko‘rinishlari bor.
Hindistonda mazkur avtomobilning narxi 838 ming rupiy (taxminan 12,8 ming dollar)dan boshlanadi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)