Germaniya Bundestagining yetakchi partiyalardan bo‘lgan deputatlari AQSh prezidenti Donald Trampning Germaniya mamlakat xavfsizligi va mudofaa qobiliyatini ta’minlab berishgani uchun AQSh va NATOdan qarzdorligi haqidagi gaplaridan norozi bo‘ldi, deb yozadi “TASS”.
“Tramp o‘zini unga o‘lpon to‘lashga majbur bo‘lgan sodiq fuqarolari bilan muloqot qilayotgan Xitoy imperatoridek tutyapti”, — dedi Bundestagning Sotsial-demokratik partiyadan deputati Nils Annen.
“Germaniya ko‘p narsalar uchun AQShdan qarzdor. Ammo biz majbur bo‘lmagan yagona narsa bu — pul. Prezidentning AQSh tarixiy roli haqidagi yanglish mulohazasi kishini xafa qiladi”, — dedi Bundestagning tashqi ishlar qo‘mitasi raisi Norbert Rettgen.
Tramp Merkel bilan Vashingtonda uchrashgach, ertasi kuni Germaniya mamlakat xavfsizligini ta’minlab berishgani uchun AQSh va NATOdan katta qarzi borligini aytgan edi.
Izoh (0)