AQSh prezidenti Donald Trampning Mar-a-Lagodagi qarorgohiga begona odam kirib, u yerda prezidentning portreti fonida selfiga tushdi, deb yozadi “Mk.ru”.
Erkak Maxfiy xizmat xodimlari ko‘zini shamg‘alat qilib, Amerika davlat rahbari kabinetiga kirib olishga muvaffaq bo‘ldi.
“Bu selfini olish uchun Maxfiy xizmatga sezdirmay kirib oldim. Ular bu yerga kirmasligimizni aytishi ham mumkin edi”, — deb yozdi surat muallifi Jozef Yang unga izoh sifatida.
Keyinroq Yang fotosuratni akkauntidan o‘chirib tashladi, ammo u internet bo‘ylab tarqalib ketishga ulgurgan edi.
Izoh (0)