Afg‘onistonlik askar NATOning mamlakatdagi bazasida amerikalik harbiylarni o‘qqa tutdi, deb yozadi “Gazeta.ru”. Bu haqda NATOning Afg‘onistondagi “Qat’iy ko‘mak” operatsiyasi shtabining rasmiy Twitter’ida xabar berildi.
Uch kishi yaralandi.
“Afg‘on askari Gilmend provinsiyasidagi bazada o‘t ochishi natijasida uch nafar amerikalik askar jarohat oldi. AQShlik harbiy xizmatchilarga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda”, — deyiladi xabarda.
Shtabda hodisa yuzasidan batafsil ma’lumotlar keltirilmayapti.
Izoh (0)