Vengriya parlamenti 13-mart, dushanba kuni o‘tkazilgan ikkinchi tur saylovlari yakuniga ko‘ra amaldagi prezident Yanosh Aderni mamlakat rahbari lavozimiga qayta sayladi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.
Aderni qo‘llab-quvvatlab 131 deputat ovoz bergan. So‘l kayfiyatdagi muxolifat vakili Laslo Mayteni esa 39 ta ovoz olgan. Ader ikkinchi besh yillik muddatga qayta saylandi.
Yanosh Ader 2012-yildan beri Vengriya davlat rahbari lavozimida ishlab kelmoqda. Parlament spikeri Laslo Kyoverning so‘zlariga ko‘ra, prezidentning ikkinchi vakolat muddati 10-maydan boshlanadi.
“Nezopont” instituti tomonidan o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rov natijalariga ko‘ra, Vengriya aholisining 63 foizi Aderning prezidentlikka qayta saylanishini ma’qullagan.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)