O‘zbekiston Markaziy banki 2016-yil 14-martdan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatlarini belgiladi.
Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari 3500 so‘m 1 tiyin etib belgilandi. Bu 7-martdagi kursga nisbatan 47 so‘m 71 tiyinga ko‘p.
14 martdan e’tiboran 1 yevro qiymati 3710 so‘m 44 tiyin (7-martdagi kursga nisbatan 60 so‘m 35 tiyin qimmat), 1 Rossiya rubli esa 59 so‘m 10 tiyin (7-martdagi kursga nisbatan 50 tiyin qimmat) etib belgilangan.
Ma’lumot uchun, 2016-yil 14-sentabrida dollarning rasmiy kursi 3000 so‘mdan oshgan edi.
Eslatib o‘tamiz, valyuta qiymatini belgilash chog‘ida Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)