Janubiy Koreya prezidentlik saylovlari 9-maygacha bo‘lib o‘tadi, deb xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
Bu haqda Janubiy Koreya Markaziy saylov komissiyasi raisi Kim Yong-Deok ma’lum qildi. U saylovlar adolat va ochiqlik tamoyillari asosida o‘tkazilishini aytib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Janubiy Koreya Konstitutsiyaviy sudi prezident Pak Kin Xega nisbatan impichmentni tasdiqlaganligi haqida xabar berilgan edi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)