Bunyodkor ko‘chasida Muqimiy ko‘chasi uzra o‘tuvchi yo‘l o‘tkazgich qurilayotgani munosabati bilan yopilgan Muqimiy—Bunyodkor chorrahasining ochilishi Navro‘z bayrami arafasi kunlariga qoldirildi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” kompaniyasi ma’lum qildi.
Kompaniya axborotida chorrahaning aynan qaysi sanada ochilishi aniq aytilmagan. Chorrahaning ochilishi “ma’lum ishlarning davom etayotganligi hamda xavfsizlikni ta’minlash maqsadida” qoldirilgan.
“Tirbandlikni keltirib chiqarmaslik maqsadida, qurilish vaqtida boshqa ko‘chalardan foydalanishingizni so‘raymiz. Yuzaga keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz”, — deyiladi kompaniya axborotida.
Mavzuga doir: Toshkentda qurilish: Bunyodkor—Muqimiy chorrahasida qad rostlayotgan ko‘prik. “Daryo” fotoreportaji
Muqimiy—Bunyodkor chorrahasi 11-fevralda yopilgan va dastlab 23-fevralgacha yopiq bo‘lishi aytilgan edi. Keyinroq chorrahaning ochilishi avvaliga 1-martga, so‘ng 10-martga qoldirildi.
Chorraha uzra qurilayotgan olti polosali, uzunligi 900 metr bo‘lgan yo‘l o‘tkazgich Navro‘z bayrami (21-mart)da foydalanishga topshirilishi kutilmoqda.
Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev “Novza” metro bekati oldida qad rostlayotgan ko‘prik qurilishi bilan tanishdi
Izoh (0)