IShID jangarilarining Afg‘oniston poytaxti Kobuldagi gospitalga hujumi qurbonlari soni 49 kishiga yetdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Oldinroq mazkur terakt oqibatida 30 kishi halok bo‘lgani bildirilgandi. Yana 76 kishi turli darajada jarohatlandi.
8-mart, chorshanba kuni shifokorlar kiyimidagi qurolli kishilar guruhi AQSh elchixonasi yaqinidagi Sardor Muhammad Dovud Xon nomli gospitalga hujum qildi. Ulardan biri kasalxonaga kirishda o‘zini portlatib yubordi. 3 nafar sherigi esa tibbiy markaz hududiga kirib, u yerdagi kishilarga qarata o‘t ochdi.
Jangarilar afg‘on maxsus bo‘linmasi tomonidan yo‘q qilindi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)