Noma’lum shaxslar Toshkent shahrining Yunusobod tumani 13-dahasida joylashgan ko‘p qavatli uydagi xonadonlardan biriga eshik qulfini kalit tanlash yo‘li bilan ochib kirib, ko‘p miqdordagi pullarini o‘g‘irlab ketgan.
O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.
Tezkor-qidiruv harakatlari natijasida ushbu jinoyatni Yunusobodda yashovchi 1994-yilda tug‘ilgan hamda Uchtepa tumanida yashovchi 1989 va 1991-yillarda tug‘ilgan shaxslar sodir etganligi aniqlanib, qo‘lga olingan.
“Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda”, — deyiladi vazirlik axborotida. IIV axborotida gumonlanuvchilar aynan qancha pul o‘g‘irlaganiga aniqlik kiritilmagan.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)