Malayziya huquq-tartibot idoralari Kim Chon Nam o‘ldirilishida gumon qilinayotgan Shimoliy koreyalik uch nafar fuqaro mamlakatning Kuala-Lumpurdagi elchixonasida yashiringaniga ishonchi komil. Bu haqda Malayziya politsiyasi rahbari Xolid Abu Bakr ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
Shimoliy Koreya tomoni tergov bilan hamkorlik qilishdan bosh tortmoqda. KXDRning gumon qilinayotgan fuqarolari diplomatik vakolatxona hududida bo‘lib turibdi.Shuningdek, politsiya rahbari tergovchilar Kim Chon Namning yaqinlaridan DNK namunalarini kutayotganligini, bu esa ekspertizani yakunlashning yagona usuli ekanligini bildirdi.Xolid Abu Bakr, Malayziya politsiyasi rahbari
Izoh (0)