Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov Andijon tumanidagi Chem mahallasida uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar beradi viloyat hokimligi matbuot xizmati.
Tadbirda mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar, inson omiliga bo‘lgan e’tibor va hududlar infratuzilmasini yaxshilashga qaratilgan loyihalar xususida tushuncha berildi. Oilalarni iqtisodiy jihatdan mustahkamlash, aholi bandligini ta’minlash, bu borada tadbirkorlikni rivojlantirishning tutgan o‘rni ko‘rsatib o‘tildi.
Uchrashuvda mazkur mahalladagi 780 ta xonadon sohibi o‘z oilasida tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagini bildirdi.
“Sanoatqurilishbank” viloyat bo‘limi jamoasi chemliklarga moliyaviy ko‘mak berish tashabbusi bilan chiqdi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)