Toshkentning “Mirzo Ulug‘bek” metro bekati va “Bunyodkor” stadioni joylashgan nuqtasida yangi ko‘prik qurilishiga tayyorgarlik ishlari bormoqda. Bu haqda “Pisma o Tashkente” xabar berdi.
Ilova qilingan suratlarda ko‘chaning o‘rtasidan o‘tgan ko‘kalamzor hududlar tekislanayotgani, bordyurlar olib tashlanayotganini ko‘rish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Toshkentning Bunyodkor va Muqimiy ko‘chalari kesishmasida ham yo‘l o‘tkazgich barpo etilmoqda. Ko‘prik Navro‘z bayrami arafasida ishga tushirilishi mo‘ljallanmoqda.
Izoh (0)