Toshkent shahrining Mustaqillik shoh ko‘chasida noma’lum shaxs “bezorilik oqibatida” kompaniya rahbari hisoblangan 40 yoshli ayolni tepib, unga tan jarohat etkazgan va voqea joyidan yashiringan, deya xabar bermoqda O‘zbekiston IIV matbuot xizmati.
Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida ushbu jinoyatni shaharning Mirzo Ulug‘bek tumanida yashovchi, 1993-yilda tug‘ilgan shaxs sodir etgani aniqlangan va gumonlanuvchi qo‘lga olingan.
“Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda”, — deyiladi vazirlik axborotida.
Ayol qaysi kompaniyaning rahbari ekanligiga, yigit nima uchun uni tepganiga aniqlik kiritilmagan.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)