Somalining qurg‘oqchilik kuzatilayotgan hududlaridan birida so‘nggi ikki kun ichida kamida 110 kishi ochlikdan vafot etgan. Bu haqda Associated Press agentligi xabar bermoqda.
Mamlakat hukumati 28-fevral kuni Somalida milliy fojia holatini e’lon qilganidan beri birinchi marta halok bo‘lganlar soni haqida axborot bergan.
Somali bosh vaziri Hasan Ali Xayre hozircha faqat mamlakat shimoli-g‘arbida joylashgan Bay viloyati bo‘yicha ma’lumotlarni e’lon qildi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)