AQSh prezidenti Donald Tramp u lavozimini egallab turgan bir oy ichida mamlakat qarzi 12 milliard dollarga kamayganligini eslatib o‘tdi. Bu haqda u Twitter’dagi sahifasida ma’lum qildi.
OAVlar boshqaruvimning birinchi oyi davomida milliy qarz 12 milliard dollarga kamayganligini ma’lum qilmadi.U iqtisodiy ko‘rsatkichlar Amerika biznesining kelajagi uchun katta umid uyg‘otishini qo‘shimcha qildi.Donald Tramp, AQSh prezidenti
Tramp taqqoslash uchun prezident Barak Obama boshqaruvining birinchi oyida qarz 200 milliard dollarga oshganligini eslatib o‘tdi.
AQSh Moliya vazirligi saytida ma’lum qilinishicha, 2017-yilning 20-yanvar kuni, Trampning inauguratsiya kuni mamlakat qarzi 19,947 trillion dollarni, 21-fevral kuni esa 19,935 trillion dollarni tashkil etgan.
Izoh (0)