“Jabhat an-Nusra” terrorchilik guruhi Suriyaning Xoms shahridagi harbiy muassasalar yaqinida sodir bo‘lgan portlashlarga javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Avvalroq Xomsdagi milliy xavfsizlik va harbiy razvedka bo‘limlari binolari oldida bir necha terrorchi-xudkush o‘zini portlatishi oqibatida 40 dan ortiq kishi qurbon bo‘lgani xabar qilingandi.
Ushbu portlashlarda Xoms viloyati harbiy xavfsizlik bo‘limi boshlig‘i general Hasan Da’bul ham halok bo‘ldi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)