Filippin politsiyasi mamlakat prezidenti Rodrigo Dutertening keskin tanqidchisi hisoblangan senator Leyla de Limani hibsga oldi. U narkotiklar kontrabandasiga aloqadorlikda gumonlanmoqda. Bu haqda Reuters agentligi ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
“Haqiqat oshkor bo‘ladi va men adolatga erishaman. Men aybsizman”, — dedi de Lima hibsga olinishidan avval.
Hibsga olish senator ofisida amalga oshirildi. Ayblov o‘tgan hafta mamlakat Adliya vazirligi tomonidan ilgari surilgan edi.
71 yoshli Rodrigo Duterte o‘tgan yilning 30-iyunida Filippin rahbarligiga saylandi. U mamlakat prezidenti lavozimini egallagandan so‘ng narkotiklarni tarqatishga qarshi kurashish kampaniyasi boshlandi. Kampaniya davomida bir necha ming odam halok bo‘ldi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)