23-fevral kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Telia kompaniyasi bosh maslahatchisi, o‘zbek-shved biznes-forumi munosabati bilan O‘zbekistonda bo‘lib turgan K.Lindstr bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Uchrashuvda kompaniyaning O‘zbekiston mobil xizmatlari bozoridagi o‘rni, istiqbolda zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlarini joriy etish rejalari muhokama qilindi.
Xususan, “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” davlat dasturida belgilab berilgan muayyan loyihalarni Coscom MChJ bilan hamkorlikda amalga oshirish yuzasidan fikrlar bildirildi.
Izoh (0)