2016-yilda avtomobillarni olib qochish bilan bog‘liq jinoyatlar soni ikki marta kamaydi. Bu haqda Toshkent IIBB rahbari Bahodir Qurbonov jurnalistlar bilan uchrashuvda ma’lum qildi, deb yozadi “Nuz.uz”.
Boshqarma boshlig‘i shahardagi statistikaning yaxshilanganiga o‘tgan yili joriy etilgan yangi dasturiy ta’minot — “Xavfsiz shahar” tizimi ham yordam berganini aytdi.
“Bunday tizim ayni paytda Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha faqat O‘zbekiston poytaxtida mavjud. Rossiyada esa u faqat ikkita shahar — Moskva va Sankt-Peterburgda joriy etilgan”, — deya aniqlik kiritdi IIBB boshlig‘i.
Dasturiy ta’minot shaharning tumanlarga bo‘lingan interaktiv xaritasidan iborat bo‘lib, mashinani olib qochishlar, o‘g‘irliklar, bosqinchilik hujumlari haqida kelib tushgan xabarlar u yerda aks etadi. Shuningdek, xaritada barcha patrul-post mashinalari turgan joylarni ko‘rish mumkin, bu dispetcher eng yaqin ekipajni jinoyat joyiga osonlik bilan yuborishi uchun imkoniyat tug‘diradi.
Izoh (0)