AQSh senatori Jon Makkeyn IShID terrorchilik guruhiga qarshi kurashish masalalarini muhokama qilish uchun Suriyaning Kobani shahriga maxfiy tashrifni amalga oshirdi. Bu haqda Wall Street Journal nashri ma’lum qilmoqda, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Makkeyn tashrif davomida Rakka shahrini IShID jangarilaridan ozod etish bo‘yicha operatsiya yuzasidan amerikalik harbiylar va kurdlar bilan muzokaralar o‘tkazganligi ta’kidlanmoqda.
Qurolli kuchlar bo‘yicha senat qo‘mitasining rahbari Suriyaga to‘xtagandan so‘ng Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan uchrashish uchun Anqaraga yo‘l oldi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)