Istanbul prokuraturasi 2016-yil 15-iyulda mamlakatda to‘ntarish uyushtirishga urinish haqidagi ishni tekshirishni yakunladi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
“Xususan, Fathulla Gulen rahbarlik qiluvchi FETO terrorchilik oqimining Istanbuldagi harakatlari tekshirildi”, — deya ma’lum qildi Anadolu agentligi.
Sudga terrorchilik faoliyatida gumonlanayotgan 24 kishiga nisbatan ayblov xulosasi yuborildi. Ro‘yxatda Gulendan tashqari, olti nafar general, 17 nafar ofitser bor, ularning to‘qqiz nafari qidiruvda.
Izoh (0)