Qashqadaryo viloyatidagi Talimarjon issiqlik elektr stansiyasida har birining quvvati 450 megavatt bo‘lgan ikki bug‘-gaz qurilmasini ishga tushirish bilan bog‘liq modernizatsiya ishlari yakuniga yetmoqda. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar berdi.
Bug‘-gaz qurilmalari birinchi blokining gaz turbinasi o‘tgan yil avgustida ishga tushirilgan, noyabrda esa blokning o‘zi ham kombinatsiyalashgan siklda foylanishga topshirilgan edi.
Hozirda qurilmalarning ikkinchi blokini ishga tushirish-sozlash ishlari yakunlandi va bu ikki blok quvvatini 800 megavattgacha yetkazish imkonini berdi. Keyinchalik qurilmalarni to‘liq loyiha quvvatiga yetkazish amalga oshiriladi.
Barcha ishlarning mart oyida yakunlanishi ko‘zda tutilgan, shundan so‘ng yangi qurilmalar “O‘zbekenergo” kompaniyasi ixtiyoriga topshiriladi.
Shundan so‘ng Talimarjon IESning umumiy quvvati 1700 megavattga yetadi va bu bilan O‘zbekistonning janubi—g‘arbiy qismini elektr ta’minoti yaxshilanishi ta’minlanadi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)