Odatda bolalarga tarkibida miyaga foydali hisoblangan ko‘p miqdorda fosfor bo‘lgani uchun baliq yeyishni tavsiya qilishadi. Lekin tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, miya faoliyatining rivojlanishiga baliq tarkibidagi Omega-3 yog‘ kislotalari, aniqrog‘i DGK kislotasi bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Asab hujayralarining 20 foizi aynan shu kislotalardan iborat.
Kislotalar asab hujayralarining o‘zaro xabar yetkazish jarayonida jiddiy rol o‘ynaydi va ularning kamayishi natijasida bu jarayon sekinlashadi. Bularning barchasi aql-idrok uchun juda muhimdir.
Tadqiqot natijalariga ko‘ra, ko‘pincha Omega-3 kislotasi yetishmagan 7 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘qishni yaxshi o‘zlashtirolmasligi ma’lum bo‘ldi. Aynan shu yoshda miya tuzilishi shakllana boshlagani uchun aqliy faoliyat uchun zarur bo‘lgan moddalarni qabul qilish juda muhimdir.
Omega-3’ni odamning o‘zi ishlab chiqara olmaydi. Shuning uchun uni iste’mol qilayotgan ovqatlar orqali olishimiz lozim. Tabiatda bu kislotalar faqat dengiz mahsulotlari tarkibidagina mavjud.
Bolaning aqliy rivojlanishini ta’minlash maqsadida bir haftada bir-ikki marta baliq yeyish tavsiya qilinadi.
Manba: Internet tarmog‘i materiallari
Izoh (0)