Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQSh prezidenti Donald Trampning migratsiya borasida olib borayotgan siyosatidan noroziligini bildirish uchun mamlakatning bir necha yirik shaharlarida minglab muhojir ishga chiqmadi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Mahalliy telekompaniyalarga ko‘ra, mamlakatda xodimlari asosan boshqa davlatlardan kelgan muhojirlar bo‘lgan o‘nlab do‘kon, restoran va qahvaxona ochilmadi.

“Muhojirlarsiz kun” deb nomlangan aksiya, jumladan, Los-Anjeles, San-Fransisko, Nyu-York, Filadelfiya, Atlanta, Chikago va Vashingtonda bo‘lib o‘tdi.

Uning tashkilotchilari bundan ko‘zlangan maqsad mamlakatga xorijdan kelgan kishilar AQSh iqtisodiyotida qanchalik muhim o‘rin tutishini namoyish etishdan iborat ekanligini bildirmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkentda sportchi erkak xotini va bolasini ayovsiz kaltaklagani aytildi
Shou-biznes
“U nafaqat guruhdan, balki san’atdan ham ketdi”. “VIA Marokand” xonandasi Asal Zokirova guruhni tark etdi (video)
Biznes
Markaziy Osiyoda Rossiyaning ko‘chmas mulk bozoriga qiziqish ortib bormoqda